Rossiyada ishlash uchun patent bilan bog‘liq bahsli INNovatsiya

Jamiyat 23:39 / 13.04.2016 6035

Rossiyada muhojir ega INN (STIR) - soliq to‘lovchining idjyentifikatsion raqami haqidagi ma'lumot Rossiya Soliq qo‘mitasida mavjudligiga qaramasdan, chet el fuqarolari Migratsiya masalalari bilan shug‘ullanuvchi markazga murojaat etishlari shart. Chunki, 28 mart sanasidan boshlab, patent uchun to‘lovni amalga oshirayotgan vaqtda, INN raqami ko‘rsatilmasa, patent uchun to‘lov hisobga olinmaydi, va, tabiiyki, patent bekor qilinadi. Bu haqda Sputnik nashri xabar bermoqda.

"Migratsiya XXI asr" jamg‘armasi prezidenti Vyacheslav Postavnin mana shu "tashabbus" sabab migratsiya xizmati yo‘q qilinganini aytmoqda. "FMSga nima uchun murojaat qilish kerakligi — men uchun jumboq. Nazarimda, ular mana shu INN tufayli katta muammolarni yaratishgan", dedi u.

Ekspert fikriga ko‘ra, INN bilan bog‘liq tashabbus puxta ishlanmagan va bu FMS “piar aksiyasi” bo‘lishi ham mumkin. Ya'ni, migratsiya xizmati “ishlamaydigan tizim” yordamida go‘yoki faoliyat yuritayotganday "ko‘rinish"ni vujudga keltirmoqchi.

"INN o‘z-o‘zidan hech narsa bermaydi. Agar u bir necha yil davomida nazorat olib borsa va u yerga to‘langan soliqlar to‘g‘risida barcha ma'lumotlar kiritilsa, bu boshqa gap. Agar INN faqat patent olish uchun kerak bo‘lsa, bu nimaga kerak, men umuman tushunmayman”, deb ta'kidladi Postavnin.

“Dobrososedstvo” Xalqaro aloqalarni rivojlantirish jamg‘armasi rahbari Yuriy Moskovskiy esa bu borada Postavnindan farqli o‘laroq, u qadar keskin fikrdamas. Bundan tashqari, u, FMS qarorini zarurat deb baholadi. “INN ham Rossiya, ham chet el fuqarosi uchun kerak”, ta'kidladi u.

INN borasida Sizda tug‘ilgan har qanday savol bo‘yicha patent olgan joy — Migratsiya markaziga murojaat qiling. O‘zingiz bilan pasport, patent, to‘lagan to‘lovlaringiz cheklarini, registratsiya, INN guvohnomasini olishni tavsiya etamiz.

Ekspertlar fikriga ko‘ra, hozirda vujudga kelayotgan muammolar muassasalarning o‘zaro muvofiqlashmagan holda faoliyat olib borayotgani natijasidir.

"Odamlarni yugurtirmaslik uchun FMS va Soliq inspeksiyasi hamda boshqa idoralar ma'lumotlar bazasi mujassamlashtirilgan bo‘lishi lozim. Elektron bazalar paydo bo‘lganiga unchalik ko‘p vaqt bo‘lgani yo‘q, ammo biz ular xuddi yuz yil oldin tashkil qilingandek e'tiroz bildiryapmiz. Tizim mukammallashtirilmoqda, ammo bu jarayon davomida, afsuski, odamlar jabr ko‘rmoqda”, deb ta'kidladi u.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya prezidenti Vladimir Putin qarori bilan Migratsiya xizmati mustaqil muassasa sifatida yo‘q qilindi va markaz ichki ishlar vazirligiga bo‘ysundirildi. 13 aprelda Rossiya ichki ishlar vazirligining migratsiya masalalari bo‘yicha bosh boshqarmasiga polkovnik Olga Kirillova boshliq etib tayinlangani ma'lum qilindi.

Ko‘proq yangiliklar: