Rossiya prezidenti Vladimir Putin hukumat va Rossiya bankiga federal boshqarmalar rahbarlari uchun KPI (Key Performance Indicators) – samaradorlikni baholash tizimini ishlab chiqish vazifasini yukladi. Bu haqda iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilish natijalari bo‘yicha belgilangan vazifalar ro‘yxatida aytilgan. Bu ro‘yxat Kreml saytida chop etildi.
"Rossiya hukumatiga Rossiya banki bilan birga Rossiya Federatsiyasi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining 2017 yil uchun maqsadli hamda 2018 va 2019 yillar uchun rejaviy ssenariysini yaratishda iqtisodiy o‘sish omillarining iqtisodiy siyosatni amalga oshirish choralari va byudjyet cheklovlari bilan bog‘lagan holda asoslanishiga alohida e'tibor qaratish hamda aytilgan maqsadli ssenariy ko‘rsatkichlariga mos keluvchi ijrochi hokimiyat federal organlari rahbarlarining faoliyati samaradorligi asosiy ko‘rsatkichlarini aniqlash bo‘yicha takliflarni taqdim qilish vazifasi yuklandi", deyilmoqda hujjatda.
Avvalroq Rossiyada strukturaviy islohotlarga faqatgina Putin start bera olishi ma'lum qilingandi. Prezident, shuningdek, amaldorlar uchun KPI kiritilishini ma'qulladi.