Pokistonning Faysalabad shahri yaqinida avtobus va yuk mashinasi to‘qnashishi oqibatida 19 kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda Dunya News nashri.
Yo‘l-transport hodisasi oqibatida, shuningdek, 15 kishi jarohat oldi, ulardan ko‘pchiligining ahvoli og‘ir deya baholanmoqda. Hammasi bo‘lib avtobusda 50 ga yaqin yo‘lovchi bo‘lgan.
Politsiya bergan dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, YTHga avtobus haydovchisining tezlikni oshirgani sabab bo‘lgan, u ham halok bo‘lgan.