AQSh Mudofaa vazirligi bundan keyin Shimoliy Koreya tomonidan raketa hujumi qilish xavfi yanada oshadi, shu bois AQSh va uning ittifoqchilari mudofaa tizimini yanada takomillashtirishi kerak, deb hisoblaydi. Bu haqda Pentagon rasmiy vakili ikkinchi rangdagi kapitan Geri Ross TASS muxbiri bilan bo‘lgan suhbatda aytib o‘tgan.
Rossning eslatishicha, AQSh Mudofaa vazirligi rahbari Eshton Karter o‘tgan juma Nyu-Yorkda o‘tgan xalqaro munosabatlar bo‘yicha yig‘ilishda Amerikaning Osiyo-Tinch okeani hududidagi ittifoqchilari Shimoliy Koreya tomonidan bo‘ladigan raketa va yadro zarbalari xavfidan himoyalanishga ehtiyoj sezishayotganini aytib o‘tgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh o‘z ittifoqtoshlarini himoya qilishga majbur.