13 aprel kuni Toshkentda ShHTga a'zo davlatlar Xavfsizlik kengashlari kotiblarining yig‘ilishi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qoshidagi Xavfsizlik kengashi kotibi V. Mahmudov Shanxay hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Rashid Alimov bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV sayti xabar bergan.
Uchrashuvda ShHTga a'zo davlatlarning xavfsizlik sohasidagi hamkorligini rivojlantirish masalalari, 2016 yilning iyun oyida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisiga tayyorgarlik jarayoni va tashkilotning joriy yilda o‘tkaziladigan boshqa tadbirlari muhokama qilindi.
ShHT bosh kotibi O‘zbekistonning joriy raisligi va Toshkentda davlat rahbarlari Kengashining bo‘lajak majlisi chog‘ida imzolanishi rejalashtirilgan hujjatlar tashkilotning 15 yillik tarixida muhim bosqich bo‘lishi va ko‘p tomonlama o‘zaro hamkorlikni yangi darajaga olib chiqishi kerakligini ta'kidladi.