13 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Eron Islom Respublikasining favqulodda va muxtor elchisi Bahman Og‘oroziy Do‘rmoniy bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bergan.
Uchrashuvda ikki davlat hamkorligining hozirgi holati, yaqin orada o‘tkazilishi rejalashtirilgan ikki va ko‘p tomonlama tadbirlar muhokama qilindi.