O‘zbekiston IIVda Xitoy Xalq Respublikasi jamoat xavfsizligi vaziri bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston 22:41 / 13.04.2016 2292

O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri A.Ahmadboyev ShHTga a'zo davlatlar Xavfsizlik kengashlari kotiblarining yig‘ilishida qatnashish uchun mamlakatimizga kelgan Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi a'zosi, jamoat xavfsizligi vaziri Go Shenkun bilan uchrashdi. Bu haqda “O‘zA” xabar bermoqda.

Muloqot chog‘ida o‘zaro hurmat va ishonch tamoyillariga asoslangan O‘zbekiston – Xitoy munosabatlari turli yo‘nalishlarda izchil rivojlanib borayotgani ta'kidlandi.

Tadbirda terrorizm, ekstremizm va giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanishi bilan bog‘liq jinoyatlarga qarshi kurashishda o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan Xitoy Xalq Respublikasi Jamoat xavfsizligi vazirligi o‘rtasida 2016-2017 yillarda hamkorlikni yanada rivojlantirish to‘g‘risida Protokol imzolandi.

Ko‘proq yangiliklar: