Nazarboyev va Erdo‘g‘an musulmonlarni tinchlikka chaqirdilar

Jahon 23:01 / 13.04.2016 1902

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev va Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Istanbuldagi muzokaralar natijalariga ko‘ra islom yarashuvi bo‘yicha qo‘shma deklaratsiyani qabul qildilar. Bu haqda Qozog‘iston prezidenti rasmiy saytida aytilgan.

Bundan tashqari, Nazarboyev va Erdo‘g‘an Islom hamkorligi tashkilotiga (IHT) a'zo davlatlarni islom dunyosi borasida yangi qonun-qoidani yaratishga chaqirdilar.

"Islom hamkorligi tashkilotiga a'zo davlatlarni islom yarashuvini qo‘llab-quvvatlash va uni islom ummati uchun yaqin yillarda yangi siyosiy asos sifatida qarashga chaqiramiz", deyilmoqda hujjatda.

Shuningdek, ikki tomon BMT va IHTning xalqaro ixtiloflarni tinch vositalar bilan hal qilishdagi bosh rolini hamda IHTning boshqa xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan islom yarashuvi jarayonini olg‘a surish masalalaridagi hamkorligini qutladilar.

Ko‘proq yangiliklar: