Janubi-sharqiy Osiyoda joylashgan Myanmada 6,9 balli zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda AQSh Geologiya xizmati xabar tarqatgan.
Ushbu zilzila mahalliy vaqt bilan soat 13:55da (Toshkent vaqti bilan soat 18:55da) qayd etilgan.
Zilzila epimarkazi Shuebo shahridan 103 km shimoli-g‘arbda joylashgan. Zilzila o‘chog‘i 134,4 km chuqurlikda bo‘lgan.
Hozircha, zilzilaning boshqa tafsilotlari va u keltirgan talofatlar haqida ma'lumotlar yo‘q.