Mossack Fonseca yuridik firmasining Panama poytaxtidagi bosh qarorgohida tintuvlar o‘tkazilmoqda, deb xabar bermoqda La Prensa nashri.
Ofshor bitimlari haqidagi ma'lumotlar fosh etilgan "Panama hujjatlari"ning chop etilishi sababli tanilib ketgan ofshorlar operatori ofisida Panama prokuraturasining yaqinda tashkil etilgan, uyushgan jinoyatchilik, pullarni yuvish va terrorchilikni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha bo‘limi ishlamoqda.
Bir vaqtning o‘zida huquq-tartibot muassasalari Mossack Fonseca’ga kompyuter xizmatlari ko‘rsatgan telefon kompaniyasida ham ish olib bormoqda.
Prokuratura matbuotga bergan bayonotida OAVda maqolalar chop etilgandan keyin tergov harakatlari o‘tkazayotgani, firmaning noqonuniy harakatlarga aloqadorligi isboti o‘rnatilayotganini aytdi.
Avvalroq firmaning Peru va Salvadordagi ofislarida ham tintuv o‘tkazilgandi.