Fransiyaning «PSJ» klubi bosh murabbiyi Loran Blan YeChLning 1/4 finalida «Manchester Siti»ga imkoniyatni boy bergach (0:1, 2:2) raqibining yarim finaldagi jamoalarga qarshi imkoniyatlariga past baho berdi.
«Manchester Siti» «Real», «Barselona» va «Bavariya» uyushtiradigan bazm oqshomiga mehmondek tashrif buyuradi», – deya jamoaning darajasiga past baho berayotganiga ishora qilgan Blan.
«PSJ» bu mag‘lubiyatdan keyin qatorasiga to‘rtinchi marta YeChLning chorak final to‘sig‘idan o‘ta olmadi, «Manchester Siti» esa o‘z tarixida ilk marta turnir yarimfinaliga chiqdi.