Kobulda Alisher Navoiyning 575 yillik yubileyi nishonlandi

Jamiyat 20:38 / 13.04.2016 2086

11 aprel kuni Afg‘oniston poytaxti Kobul shahrida mamlakat prezidenti Ashraf G‘ani Ahmadzayning "Arg" nomli saroyida atoqli shoir, olim va davlat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 575 yilligi munosabati bilan xalqaro simpozium tashkil etildi. Bu haqda Afg‘on telegraf agentligi (AfTAG) xabar tarqatgan.

Simpoziumda siyosat olamining yuqori martabali namoyondalari, Navoiy ijodiy merosini o‘rganib kelayotgan bir qator olimlar ishtirok etgan.

Tadbirda Ashraf G‘ani Ahmadzay chiqish qilgan va ushbu sana munosabati bilan Alisher Navoiy sharafiga yangi rasmiy davlat mukofoti ta'sis etilishi to‘g‘risidagi farmonni imzolaganini ma'lum qilgan.

"Adolatga yo‘lni Navoiy kabi buyuk shaxslar ochishadi. Bizning hukumat sifatidagi maqsadimiz Navoiy o‘z hayoti davomida qaror toptirishga erishgan odil hukmdorlikni joriy qilishdik. Burchimiz esa eski ilm-fan hamda madaniyat vakillarining kitob va maqolalaridan tegishli xulosalar qilish va ularning xotirasini yod etish", — degan Ashraf G‘ani o‘z chiqishida.

Ashraf G‘ani tez orada Alisher Navoiy sharafiga yangi rasmiy davlat mukofoti ta'sis etilishiga va'da qilgan.

O‘z navbatida, Afg‘oniston prezidenti o‘rinbosari, mamlakatdagi o‘zbek jamoasi yetakchisi general Abdulrashid Do‘stum buning uchun prezidentga minnatdorchilik bildirgan.

Ko‘proq yangiliklar: