Kiyevda elektromobillar uchun birinchi ikkita tezkor quvvatlash stansiyasi ochildi, deb xabar bermoqda "112 Ukraina" telekanali.
Ta'kidlanishicha, stansiyalar elektrokar akkumulyatorini 50 foizga 15 daqiqada, yarim soatda esa 80 foizgacha quvvatlashga qodir.
Tezkor quvvatlash stansiyalari turli xildagi batareyalarga ega bo‘lgan ikkita elektrokarga bir vaqtda quvvatlanish imkonini beradi. Bunda avtomobil egasi beriladigan quvvat uchun o‘zi cheklovlar o‘rnatishi mumkin. Quvvatlash uchun to‘lov kartalari orqali hisob-kitob qilish mumkin.
2016 yil boshida Ukrainada rasman 568 ta elektrokar qayd qilingan.