Janubiy Koreya respublikasi fuqarolari mamlakatning bir palatali parlamenti-Milliy Majlisning yangi tarkibini saylamoqda. Ovoz berish jarayoni, ikki Koreya o‘rtasida 1950-1953 yillardagi urushdan keyingi eng keskin vaziyatda bo‘lib o‘tmoqda.
Janubiy Koreya qonun chiqaruvchi organida 300 deputatlik o‘rni bo‘lib, shulardan 253 tasiga bir mandatli okruglardan deputatlar saylansa, qolgan 47tasini proporsional tizimda saylangan deputat egallaydi.
Ryonxap agentligining ma'lumotlariga ko‘ra, hukmron partiya "Senuridan" Milliy majlisda 150 dan 175tagacha o‘rinni band etishi mumkin.
Muxolifatdagi Demokratik (Tominjudan)partiyasi esa, eng ko‘rsatkichni qayd etgan holda 100 nafar deputatlik kursisini egallashi mumkin. Janubiy Koreya xalq partiyasi, parlamentning 32 tagacha o‘rnini band etishi ehtimol.
Ekspertlarning fikricha, parlament saylovlari natijalari, Janubiy Koreya prezident saylovlari arafasida saylovchilarning kayfiyatini ko‘rsatadi. Kelasi yil oxirida, mamlakatda prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tadi.
Amaldagi prezident Pak Kin Xening prezidentlik muddati 2018 yil boshida poyoniga yetadi, va qonunga ko‘ra, u qayta saylana olmaydi.
Janubiy Koreya matbuotining yozishicha, 13 ming 837 ta saylov uchastkalaridagi xavfsizlikni 84 ming 995 nafar politsiyachilar ta'minlaydi. Mamlakat bo‘ylab jami 253ta ovozlarni sanash punktlari bo‘lib, ularning har birida 60 nafar huquq tartibot idorasi xodimi xavfsizlikni ta'minlaydi.