Suratlar muallifining aytishicha, 72 yashar onaxon keksaligiga qaramay aksari vaqtini sport maydonchasida o‘tkazadi. U maydonchada xayol surmaydi yoki kimningdir g‘iybatini qilmaydi, aksincha, sport bilan shug‘ullanadi, turli mashqlar bajaradi.
Bunaqa yoshda turnikda osilib, turli mashqlar qilish hammaning ham qo‘lidan kelavermasa kerak. Ammo bunday gaplar onaxon uchunmas, u o‘ziga bo‘lgan ishonchini yo‘qotmagancha, sport bilan shug‘ullanishda davom etmoqda.