Google Safe Browsing tashabbusi bilan apdeyt o‘tkazib, foydalanuvchilarni chalg‘ituvchi ma'lumotlardan himoya qilish ishlarini yanada kuchaytirmoqda. Bu haqida Tech Crunch nashri xabar beradi.
Qidiruv tarmog‘i endilikda saytlarga kirayotgan foydalanuvchilarni brauzerdan kichik yangiliklar ostida niqoblangan e'lonlar (Googleda buni “ijtimoiy muhandislik” reklamalari deb atashadi), operatsion tizim xatolari haqidagi xabarlar, dasturlarni yangilash va boshqa shubhali ko‘ringan saytlar to‘g‘risida ogohlantirishni boshlaydi.
Bundan tashqari, Google foydalanuvchini xavf to‘g‘risida oldindan ogohlantirish maqsadida qidiruv natijalari sahifasida bu kabi saytlarni belgilab qo‘yishni rejalashtirgan.