Futbol bo‘yicha Yevropa chempionatini Germaniyada ilk marta ayol sharhlovchi sharhlab boradi

Sport 10:05 / 13.04.2016 1116

52 yoshli germaniyalik Klaudiya Noymann mahalliy ZDF telekanali uchun Yevro-2016 musobaqasi o‘yinlarini sharhlab boradi. Bu haqda Bild nashri xabar tarqatdi.

Manbaga ko‘ra, Klaudiya nemis televideniyesida erkaklar o‘rtasidagi yirik turnirda ishlagan ilk ayol sharhlovchi sifatida tarixda qoladi.

«U bunga munosib», – deya gapirib o‘tgan ZDF kanalining sport dasturi direktori Diter Grushvits.

Klaudiya Noymann shu kunga qadar asosan ayollar futbolini sharhlab kelgandi.

Ko‘proq yangiliklar: