Arjuna Capital investitsion firmasi tomonidan bosimga uchragan Facebook va Microsoft kompaniyalari erkak va ayol xodimlariga bir xil maosh to‘lashlarini ma'lum qildilar, deb xabar bermoqda The Wall Street Journal nashri.
Kompaniyalar bu haqda Teng maosh kuni arafasida ma'lum qildilar.
Facebook va Microsoft kompaniyalari Arjuda Capital tomonidan bosimga uchragan kompaniyalar qatoriga kiradi. Arjuda Capital 2014 yil oxirida bu kompaniyalardan erkak va ayol xodimlari maoshlari o‘rtasidagi tafovutni qisqartirish hamda xodimlar maoshlari haqidagi ma'lumotni chop etishni so‘ragandi.
"Agar texnologik kompaniyalar eng yaxshi iste'dodlarni jalb qilish va ularni ushlab qolishni istasalar va ayollarni yetakchilar roliga qo‘yishmoqchi bo‘lsa, bu esa kompaniyalarni yanada raqobatbardosh qiladi, ular erkaklar va ayollarga bir xil haq to‘lashlari kerak va ular ochiq-oydin bo‘lishlari lozim", deb aytdi Arjuna Capital hamkori Natasha Lemb.
Avvalroq The Economist nashri ayollarda erkaklarga nisbatan teng ish sharoitlari uchun imkoniyatlar eng ko‘p bo‘lgan davlatlar indeksini taqdim etgandi. Bu borada eng yaxshi ko‘rsatkichlar Islandiya, Norvegiya, Shvetsiya va Finlyandiya kabi Shimoliy Yevropa davlatlarida kuzatilgan.