Facebook rahbariyati ijtimoiy tarmoqda ma'lumotlarni yanada qulay saqlashga imkon yaratishga va'da berdi

Jahon 12:03 / 13.04.2016 1018

Facebook rahbariyati ijtimoiy tarmoqda keyinroq foydalanish uchun ma'lumotlarni saqlab qo‘yadigan yangi va qulay funksiya yaratishni rejalashtirmoqda. Bu haqda kompaniya San-Frantsiskoda tashkillashtirgan anjumanda Facebook rasmiy vakili Debora Lyu aytib o‘tdi.

U namoyish etgan taqdimotda “Feysbukda saqlash” (Save to Facebook) funksiyasi imkoniyatlari ko‘rsatib berildi. Unga muvofiq ijtimoiy tarmoqdagi maqolalarni yoki videoyozuvlarni unda saqlab qo‘yib, so‘ngra ulardan qayta foydalansa bo‘ladi.

Lyuning aytishicha, kompaniya 2014 yilda shunga yaqinroq funksiya taqdim etgan, ammo undan foydalanish qulay emasligi bois muvaffaqiyatga erishmagan edi.

Ko‘proq yangiliklar: