Buyuk Britaniya bosh vazirini eBay’da sotmoqchi bo‘lishdi

Jahon 18:57 / 13.04.2016 1824

Buyuk Britaniya bosh vaziri Devid Kemeronni eBay internet-auksioni orqali sotib yubormoqchi bo‘lishdi. Bu haqda Mashable xabar bergan.

Ayni paytda onlayn-auksion saytida bu ma'lumot yo‘q, ammo Imgur’da uning skrinshoti saqlanib qolgan.

Lot ostida qoldirilgan izohda “ishlatilingan bosh vazir”, deb yozilgan. “Mahsulot”ning quti va yo‘rqinomasi yo‘qligini ham aytishgan.

Skrinshot qilishayotgan vaqtda Kemeron uchun 65,9 ming dollar taklif qilingani ko‘ringan. O‘shanda savdo tugashiga besh kun qolgan edi.

Avvalroq Misr prezidenti Abdul Fattoh as-Sisini eBay’da sotuvga qo‘yishgan edi.

Ko‘proq yangiliklar: