Avstraliyada 12 yoshli maktab o‘quvchisi ikki kunga bosh vazir bo‘ldi

Jamiyat 21:40 / 13.04.2016 1411

Avstraliyada 12 yoshli bola Vikipediyadagi o‘zgartirish tufayli ikki kunga 30– bosh vazir bo‘ldi. Bu haqda The Sydney Morning Herald xabar berdi.

Orli Fenelon onlayn-ensiklopediyaga avstraliyalik bosh vazirlar ro‘yxatiga o‘zining ma'lumotlarini qo‘shib qo‘ygan. Saytda Fenelon katta lavozimni egallagan eng yosh odam etib ko‘rsatilgan.

Ensiklopediyadagi maqolada yosh bosh vazir o‘zining siyosiy dasturini amalga oshirishni oxirigacha tugatmagani va siyosiy sektorning chap qismiga a'zo ekanligi ekanligi haqida xabar berilgan. Shuningdek, uning hukumatdagi hamkasblari ham bosh vazir kabi Brisbendagi maktabda o‘qishi va siyosiy hayotda faol ishtirok etishi haqida yozilgan.

Ro‘yxatdagi bunday o‘zgarishni Canberra Times muxbiri ko‘rib qolgan va yangi “bosh vazir”ni tayinlanishi bilan tabriklagan.
Vikipediyada yangi bosh vazir haqidagi yozuv ikki kun bo‘lgan va uni yozish uchun ishlatilgan akkauntlar ham o‘chirib tashlangan.

Ko‘proq yangiliklar: