Suriya prezidenti Bashar Asad parlament uchun saylovlar o‘tkazilgan kunda mamlakatda ro‘y bergan fuqarolar urushi oqibatlari haqida gapirdi. Bu haqda Associated Press xabar bergan.
"Jangarilar mamlakatdagi infratuzilmaning katta qismini yo‘q qilishdi va ko‘p qon to‘kishdi. Lekin ular asosiy maqsadi - Suriyaning yaxlitligini, suriyaliklarning milliy birdamligini yo‘q qila olishmadi", deydi Asad davlat telekanallaridan biriga bergan intervyusida.
13 aprel kuni Suriyada 7 mingta saylov uchastkalari ochildi. Parlamentning yangi tarkibini aniqlab olish uchun ovoz berish jarayonini yoritish maqsadida Damashqda media-markaz faoliyati yo‘lga qo‘yildi.