AQShda toshbaqa o‘g‘irlagan kanadalik besh yilga qamaldi

Jamiyat 14:30 / 13.04.2016 1376

AQShda asli kelib chiqishi xitoylik bo‘lgan Kay Syuyga toshbaqa kontrabandasi uchun besh yil qamoq jazosi berildi.

Uni 2014 yilda 51 ta tirik toshbaqani kontrabanda yo‘li bilan olib chiqayotgan vaqtda Kanada chegarachilari qo‘lga olgan.

Keyinchalik ma'lum bo‘lishicha, u doimiy ravishda AQShning Michigan shtatiga borgan va u yerdan toshbaqalar uy jonivori sifatida boqiladigan Xitoyga ularni jo‘natib turgan. Shu ma'noda u minglab toshbaqalarni Xitoyga jo‘natishga muvaffaq bo‘lgan.

Kay Syuyning o‘zi esa qilmishiga izoh berar ekan, toshbaqalarni universitetidagi o‘qishiga pul to‘lash uchun Xitoyga jo‘natib turgan. “Assoshieyted press”ning ma'lum qilishicha, u sud zalida uni “ochko‘zlik va johillikdan qutqargani uchun” AQSh xavfsizlik xizmatiga minnatdorchilik bildirgan.

Ko‘proq yangiliklar: