AQSh Shimoliy Koreyada AQSh razvedkasi bilmaydigan yadroviy obektlar mavjudligiga ishonmoqda

Jahon 09:18 / 13.04.2016 867

AQShda Shimoliy Koreya hududida hanuzgacha AQSh razvedkasi tomonidan aniqlanmagan maxfiy yadroviy obektlar bo‘lishi mumkinligiga ishonilmoqda. Bu haqda AQSh Davlat departamenti tomonidan chop etilgan qurol-aslahalarni nazorat qilish, tarqatmaslik va qurolsizlantirish sohasida shartnomalarning bajarilishi haqidagi har yillik hisobotda aytilmoqda.

"AQSh Shimoliy Koreyada aniqlanmagan qo‘shimcha yadroviy obektlar mavjud, deb hisoblamoqda", deyilmoqda hisobotda. Hisobot avvalroq AQSh kongressiga tanishish uchun yuborilgan.

Bundan tashqari, Vashington bu hujjatda Pxenyanga Yadroviy qurollarni tarqatmaslik bo‘yicha kelishuv doirasida olingan majburiyatlar hamda olti tomonlama muzokaralar bo‘yicha hamkorlar bilan tuzilgan kelishuvlar va BMT Xavfsizlik kengashi rezolyutsiyasini buzganlik javobgarligini qo‘ymoqda.

Hisobotning Xitoyga bag‘ishlangan bo‘limida AQSh Davlat departamenti "Xitoy tashkilotlari 2015 yilda boshqa davlatlarning tarqatilishi borasida xavotir uyg‘otuvchi raketa dasturlarini taminlashda davom etganlarini" ta'kidlagan. Biroq buning tafsilotlari keltirilmagan.

Hisobot mualliflari Eron harakatlariga izoh berish davomida, "Yadroviy qurollarni tarqatmaslik bo‘yicha kelishuvning Tehron tomondan bajarilmagani haqidagi xulosalarga olib kelgan avvalgi masalalar hal qilinganini" tan olishgan.

Ko‘proq yangiliklar: