Amsterdamning Sxipxol aeroportida politsiya portlovchi modda aniqlamadi. Avvalroq binodan odamlar qisman evakuatsiya qilingan, aeroport politsiyaning yaxshi qurollangan otryadlari bilan o‘rab olingandi.
Mahalliy BNO News agentligining xabar berishicha, evakuatsiya aeroport binosida shubhali sumkaga ega erkak ushlangandan keyin boshlangan.
Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, politsiya sumka egasining sherigi deb ehtimol qilingan yana 6 kishini qo‘lga olgan. Ulardan 2 nafari aeroport hududida, Belgiya raqamlariga ega mashinada bo‘lgan qolgan 4 nafari aeroport yaqinida ushlangan. Ularning barchasi birozdan keyin qo‘yib yuborilgan. Sumka egasi hibsda ushlab turilibdi.
Bu orada politsiya sumkani robot-sapyor yordamida tekshirib chiqdi hamda unda portlovchi modda bo‘lmagani aniqlandi. Mahalliy vaqt bilan 01.30 da aeroport yana to‘liq ochilgan. Ushbu voqea aviaaloqaga ta'sir qilmagan.