AQShliklar sotuvga qo‘yilgan VAZ-2101 rusumiga 18 ming dollar taklif qilishdi. Shunday qilib, 1984 yilda ishlab chiqarilgan “kopeyka Jiguli" Rossiya pulida 1 million rublga baholandi. Bu haqida “Sarzone” nashri xabar beradi.
Hozirda avtomobil Mayami shtatida ekanligi haqida Eduard Orlov ismli feysbuk a'zosi o‘z sahifasida e'lon bergan. U tyuning kompaniyasi egalaridan biri bo‘lib, korxona Toyota Tundra, UAZ singari avtomobillarga yangi qiyofa berish, kuchaytirish ishlari bilan shug‘ullanadi.