Alyaska sohillari yaqinida boshqariluvchi raketalarning bo‘sh qutilari aniqlandi

Jahon 08:43 / 13.04.2016 1467

Alyaskaning Kreyg shahridan 7 km uzoqlikda, Tinch okeanida suzib yurgan, boshqariluvchi raketalarning ikkita bo‘sh qutisi aniqlandi. Bu haqda KTUU telekanali xabar bermoqda.

Assoshieyted Press agentligining ma'lum qilishicha, plastik qutilarning uzunligi 2,4 metr, eni 0,6 metr bo‘lgan. Qutilarning har birida "Boshqariluvchi raketa" degan yozuv va zavod markirovkasi bo‘lgan.

Qutilarni aniqlagan erkak uning ustidagi yozuvni ko‘rib, yaxshisi buni politsiya taftish qilgani ma'qulroq, degan fikrga kelgan. Qutilar ichida qandaydir simlar ko‘ringan.

Patrul kateri kelgandan keyin qutilar ichi bo‘shligi aniqlangan. Ular okeanda qanday paydo bo‘lgani aniqlashtirilmoqda, ular quruqlikka yetkazilgan.

Harbiylar qutilar haqida barcha ma'lumotlarni olishgan. Ta'kidlanishicha, hozircha qutilarda haqiqatan ham raketalar bo‘lganini aniq aytishning iloji yo‘q.

2014 yilda AQSh harbiy-havo kuchlariga tegishli bo‘lgan "havo-yer" sinfidagi, jangovar zaryadsiz bo‘lgan Hellfire raketasi xatolik tufayli Kubaga yuborilgan. Yevropadagi mashg‘ulotlarga mo‘ljallangan raketa fevralda AQShga qaytarilgani ma'lum qilingan.

Ko‘proq yangiliklar: