Aktyor Sanjar Usmonov oilasida birvarakayiga uch o‘g‘il tug‘ildi

Jamiyat 19:23 / 13.04.2016 10308

8 aprel kuni yosh aktyor va qo‘shiqchi Sanjar Usmonov oilasida birvarakayiga uch o‘g‘il dunyoga kelgan.

Aktyorning yaqinlari Kun.uz saytiga ma'lum qilishicha, chaqaloqlarga Sardor, Sarvar, Said ismlari qo‘yilgan.

Sanjar Usmonov 1985 yilda tavallud topgan. Aktyor 2010 yilda oila qurgan. 2011 yilda uning dastlabki farzandi Samina dunyoga kelgan.

Sanjar Usmonov 2007 yilda O‘zbekiston davlat san'at va madaniyat institutini tamomlagan. U «Sevgi – bu hayot» filmidagi ijrosi orqali tanilgan.

Ko‘proq yangiliklar: