«Real» jamoasi bosh murabbiyi Zinedin Zidan YeChLning chorak finalida «Volfsburg»ga qarshi kechadigan javob uchrashuvi (safardagi birinchi bahs – 0:2) oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi. U o‘z futbolchilarini sabr bilan o‘ynashga chaqirgan.
«Real» «Santyago Bernabeu»da bir qancha ajoyib kambeklar amalga oshirgan, biz shunday ishni yana bir bor qilishga tayyormiz. Futbolchilar ko‘p gapirmasdan o‘ynashlari kerak. Ular o‘z oldilarida qanday vazifa qo‘yilganini bilishadi.
Biz birinchi uchrashuvda 0:2 hisobida yutqazganmiz va bu o‘yinda albatta gollar urishimiz kerak. Buning uchun bizda 5 daqiqa emas, 90 daqiqa bo‘ladi. Mening futbolchilardan so‘raydigan narsam – ular sabr bilan harakat qilishsin. Axir shunday sabr evaziga Ispaniya chempionatida «Barselona» bilan oradagi 13 ochkolik farqni 4 ochkogacha tushirdik.
«Real» hech qachon yutqazishga rozi bo‘lib maydonga tushmaydi. Biz hamisha keyingi bosqichga chiqish uchun o‘ynaymiz. Bizning Yevropa maydonlarida qo‘lga kiritgan yutuqlarimiz hammanikidan ko‘p va bu o‘z-o‘zidan bo‘lmagan», – deydi Zidan.
«Real» va «Volfsburg» o‘yini Toshkent vaqti bilan soat 23:45da boshlanadi.