Yaponiyada sayyohlar barmoqlari orqali to‘lov o‘tkazishlari mumkin bo‘ladi

Jahon 12:17 / 12.04.2016 879

Yaponiyadagi sayohatchilar yaqin kunlarda hech qanday hujjatlarsiz do‘konlarda to‘lov o‘tkazishlari va mehmonxonalarda barmoq izlari orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin bo‘ladi. Bu haqida The Telegraph nashri xabar berdi.

Sayohatchilarning Yaponiyaga tashrifini osonlashtiruvchi bu tizimni 2016 yilning yozida ishga tushirish rejalashtirilgan.

Sayyohlar o‘zlariga tegishli bo‘lgan ma'lumotlarni – barmoq izlarini va bank kartalarini bir-biriga bog‘lash uchun aeroportlarda va boshqa ommaviy joylarda mehmonxonaga borishdan avval ro‘yxatdan o‘tishlari kerak bo‘ladi.

Ro‘yxatdan o‘tib bo‘lgandan so‘ng, ular do‘konlarda barmoqlarini maxsus qurilmaga qo‘yib xaridni amalga oshirishlari mumkin. Xuddi shunday jarayon mehmonxonalar uchun ham qo‘llanadi.

Birinchi bosqichda, bu tizimni 300 obektda – suvenir do‘konlarida, restoranlarda, mehmonxonalarda va boshqa sayohatchilar uchun mashhur bo‘lgan joylarda qo‘llash rejalashtirilmoqda.

Bunday tadqiqot 2030 yilda Tokioda bo‘lib o‘tadigan Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga ko‘proq xorijliklarni jalb etish bo‘yicha yapon hukumati katta dasturining bir qismi hisoblanadi.

2020 yilga borib bu tizim butun mamlakat bo‘ylab ishga tushiriladi. Tizim yaponlarga xorijlik sayohatchilarning odatlari va xarajatlari darajasini tahlil qilib chiqishga, shuningdek, turizm sohasini boshqarishga yordam beradi.

Xorijlik sayohatchilar ixtiyoriy ravishda barmoq izlarini topshirishni istamasligi bu tizimning yagona muammosi bo‘lishi mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: