Yaponiya iqtisodiy islohotlar o‘tkazish uchun Afg‘onistonga 22 million dollar yordam ko‘rsatadi

Iqtisodiyot 12:34 / 12.04.2016 1933

Yaponiya hukumati Afg‘oniston hukumatiga mamlakatda iqtisodiy islohotlar o‘tkazish uchun 2,4 mlrd. iyen (22 mln. dollar) miqdorida moddiy yordam ko‘rsatadi. Bu haqda Afg‘oniston TIV xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, shu munosabat bilan har ikki taraf — Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri Salohiddin Rabboniy va Yaponiyaning Afg‘onistondagi elchisi Xiroshi Takaxashi tegishli shartnomalar imzolashgan.

Ma'lumot uchun: Yaponiya Afg‘onistonning “donor”laridan biri bo‘lib, mamlakatga 2001 yildan to bugunga qadar 6,1 mlrd. AQSh dollari miqdorida yordam ko‘rsatgan.

Ko‘proq yangiliklar: