Yangi Zelandiyadagi maktab o‘quvchilarini uzun yubka kiyishga majburlashdi

Jamiyat 12:43 / 12.04.2016 1929

Oklend shahridagi Xenderson o‘rta maktabining o‘quvchi qizlarini bolalar va o‘qituvchilarning fikrini chalg‘itmaslik uchun uzunroq yubka kiyishga majburlashdi. Bu haqida The Guardian nashri xabar berdi.

“Bu qaror bizning o‘quvchi qizlarimizni xavfsizlikda qolishlariga, bolalarimizni esa xar xil yomon xayollardan asrashga va erkak xodimlarimiz uchun yaxshi ish muhitini yaratishga yordam beradi”, — deydi o‘quv maskani direktori o‘rinbosari Cherit Telford.

Telford 40 nafar o‘quvchi qizni yig‘ib, tizzadan pastda turuvchi yubkalar kiyishning ahamiyati haqida ularga aytib bergan. Uning bu so‘zlari ko‘pchilik qizlar va ota-onalarning noroziligini keltirib chiqardi. “Muammo qoidalarning o‘zida emas, balki bunday cheklovlar qizlarning o‘zlariga tegishli bo‘lganligida. Chunki ularning qomatlarini jalb etadigan va go‘zal deb tan olishadi”, — deydi o‘quvchi qizlarning biri.

Ko‘proq yangiliklar: