11 aprel kechki payt TurkiyaningDiyorbakir viloyatida minalashtirilgan mashina portlatib yuborildi. Portlash oqibatida 25 kishi jarohat olgan, kamida bir harbiy halok bo‘lgani ma'lum, deb xabar bermoqda Anadolu axborot agentligi iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti”.
Portlash Xani shahrida harbiy baza yaqinida amalga oshirilgan. Guvohlarning aytishicha, portlash kuchi oqibatida yaqin atrofdagi binolarga jiddiy zarar yetgan. Barcha jarohatlanganlar Diyorbakir harbiy gospitaliga tez tibbiy mashinalari va vertolyotlarda yetkazilgan.
Hurriet gazetasining xabar berishicha, teraktni Kurdiston ishchi partiyasi jangarilari amalga oshirgan.
Asosan kurdlar yashaydigan Turkiyaning janubi-sharqiy qismida oxirgi bir necha oylar davomida mamlakat xavfsizlik kuchlari va KIP a'zolari o‘rtasida qurolli to‘qnashuvlar sodir bo‘lmoqda.