Turkiya armiyasi IShIDning Suriya shimolidagi bazalariga bir necha marta raketa zarbalari yo‘llagan. Bu haqda Reyter agentligi xabar tarqatgan.
Qayd etilishicha, bu zarbalar bir kun oldin shu hududdan uchirilgan 2ta raketa Turkiya janubi-sharqidagi Kilis shahriga tushishiga javoban amalga oshirilgan.
Turkiya bosh vaziri Ahmad Dovudo‘g‘li bergan oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, bu raketalar tufayli 8 nafar turkiyalik jarohatlangan.
Qayd etilishicha, Kilis bilan chegaradosh hudud IShID nazorati ostida hisoblanadi.
Turkiya armiyasi raketa otilgan hududni artilleriyadan ham o‘qqa tutayotgani aytilgan.