Afg‘onistonda tolibonlarning bahorgi shiddatli hujumlari boshlangan. Bu haqda 12 aprel kuni DH.be xabar berdi.
"Tolibon" bayonotida aytilishicha, jangarilar mamlakat bo‘ylab barcha nuqtalarda keng ko‘lamli hujumlar boshlaydi.
Tolibonlar bu harbiy amaliyotlar "dushmanga qattiq zarba berib, jafo yetkazish"ni nazarda tutadi.
Manbada aytilishicha, bu hujumlarga qo‘shimcha ravishda xudkush jangarilar politsiya mahkamalarida va armiya bo‘linmalarida teraktlar hamda hujumlar uyushtiradi.
Bu hujumlarga tashkilot asoschisi mulla Umar sharafiga umumiy qilib "Umar operatsiyasi" nomi berilgan.