AQShning Jorjiya universitetidagi olimlar ijodiy fikrlash xotirani yaxshilashi va yolg‘on xotiralarni kamaytirishini aniqlashdi. Tadqiqotning to‘liq matni The Journal of General Psychology jurnalida berilgan.
Tadqiqotda 102 nafar talaba ishtirok etgan, ularga 10ta so‘zdan iborat ro‘yxat ko‘rsatilgan. So‘zlarning yarmi jaranglashiga ko‘ra bir-biriga o‘xshash, ikkinchi yarmi esa - mazmun jihatdan yaqin bir-biriga so‘zlardan iborat. Tadqiqot ishtirokchilari ikki guruhga ajratildi: birinchi guruh ro‘yxatdagi so‘zlar bilan bog‘liq obrazlarni tasavvur qilishi, ikkinchi guruh esa shunchaki o‘sha so‘zlarni eslab qolishi kerak bo‘lgan.
Keyin ishtirokchilarga eski so‘zlarga yana yangilarini qo‘shib ro‘yxatni ko‘rsatishgan. Ma'lum bo‘lishicha, tadqiqotning so‘zlarni eslab qolishda obrazlarni tasavvur qilmagan qatnashchilari ko‘proq xato qilishgan. Masalan, agar dastlabki ro‘yxatda "shokolad", "shakar", "asal", "ta'm" so‘zlari bo‘lgan bo‘lsa, ishtirokchilar adashib, u yerda "konfet" so‘zi ham bo‘lganini taxmin qilishgan.
So‘zlarni turli obrazlarni tasavvur qilib eslab qolgan talabalar esa kamroq xato qilishgan. Olimlarning fikricha, ijodiy fikrlash yolg‘on xotiralar sonini kamaytiradi va xotirani yaxshilaydi.