Suriyada Rossiya HHK vertolyoti qulab tushib, uchuvchilari halok bo‘ldi

Jahon 14:37 / 12.04.2016 928

12 aprel kuni Rossiya Harbiy havo kuchlariga tegishli Mi-28N vertolyoti Suriya hududida halokatga uchradi. Vertolyotning 2 uchuvchisi halok bo‘lgan.

Rossiya Mudofaa vazirligi matbuot xizmati bu ma'lumotni tasdiqlagan.

Ma'lum qilinishicha, hodisa 12 aprelga o‘tar kechasi, Homs shahri yaqinida ro‘y bergan.

Ekipaj a'zolarining jasadlari halokat joyidan Rossiyaning Xmeymimdagi bazasiga evakuatsiya qilingan.

Vazirlik vertolyot urib tushirilmaganini bildirgan.

Ayni vaqtda vertolyot qulab tushgan joyda mutaxassislar tezkor guruhi ish olib bormoqda.

Ko‘proq yangiliklar: