Suriyada parlament saylovi arafasida "jimlik kuni" e'lon qilindi

Jahon 12:06 / 12.04.2016 1102

13 aprelda Damashq va Suriyaning boshqa shaharlarida mahalliy parlament – Xalq kengashiga saylovlar bo‘lib o‘tishi belgilangan. Saylovga bir kun qolganida Damashq shahrida "jimlik kuni" e'lon qilindi. Bu haqda Saylov komissiyasi raisi Hisham ash-Shaar ma'lum qilgan. Uning aytishicha, 12 aprel kunimahalliy vaqt bilan soat 07:00da (Toshkent vaqti bilan soat 09:00) tashviqot ishlari to‘xtatilgan.

Ash-Shaarning tasdiqlashicha, saylovoldi kampaniyasi davridagi barcha harakatlar to‘xtagan va ko‘chalar shiorlar yozilgan plakatlardan tozalangan.

Uning ma'lumotiga ko‘ra, 13 aprel kungi saylovda poytaxt va mamlakat bo‘ylab shaharlarda 7 mingdan ortiq saylov uchastkalari faoliyat ko‘rsatadi.

Saylov kunida xavfsizlik choralari kuchaytiriladi va maktab binolari hamda boshqa muassasalarga IIV xodimlari joylashtiriladi.

Suriya IIV rahbari general Muhammad ash-Shaar zarur xavfsizlik sharoitlari yaratilishiga va'da qilgan.

Xalq kengashi 250 nafar deputatdan iborat bo‘ladi.

2012 yilning 7 mayida fuqarolik urushi sharoitida o‘tkazilgan avvalgi saylovlarda "Milliy birlik" bloki 183 o‘rin olgandi. Bu blok asosan hukmron partiya - Arab sotsialistik uyg‘onishi partiyasi (ASUP) deputatlaridan iborat. Bu partiya 1963 yildan buyon hukumatni boshqarib keladi. Ayni vaqtda mamlakat prezidenti Bashar Asad shu partiya rahbari hisoblanadi.

Ko‘proq yangiliklar: