Stiven Spilberg yahudiy katoliklar haqida drama suratga olmoqchi

Jamiyat 19:20 / 12.04.2016 2345

Amerikalik mashhur rejissyor Stiven Spilberg yahudiy katoliklari to‘g‘risida film suratga olmoqda. Film nomi - "Edgar Mortaraning o‘g‘irlanishi". Bu haqida The Hollywood Reporter nashri xabar berdi.

Loyiha haqida 2008 yildan beri aytib kelinayotgandi. Stsenariy muallifi - Spilberg bilan "Linkoln" va "Myunxen" kartinalarida hamkorlik qilgan Toni Kushner.

Film real hodisalarga asoslangan. Syujyetga ko‘ra, 1858 yilda Bolonyada (Italiya) politsiya olti yoshli yahudiy bolani oilasidan olib ketadi. Uni katolik qilib o‘stirishadi, natijada Edgar Mortar ruhoniy bo‘ladi.

Filmdagi rollardan birini Spilbergning "Josus ko‘prigi" kartinasidagi ijrosi uchun "Oskar" mukofotini qo‘lga kiritgan Mark Raylens ijro etadi. Endi u Piy IX siymosida gavdalanadi.

Manbaning ma'lum qilishicha, suratga olish ishlari 2017 yilning dastlabki oylarida boshlanadi.

Ko‘proq yangiliklar: