Rossiya va Boliviya viza tartibini bekor qilish bo‘yicha kelishuv imzoladi

Jahon 16:08 / 12.04.2016 1194

Moskvada Rossiya va Boliviya TIV rahbarlari Sergey Lavrov hamda David Chokeuanka o‘rtasida o‘tkazilgan muzokaralar natijasida ikki mamlakat fuqarolari uchun vizasiz rejimni joriy etish bo‘yicha kelishuv imzolangan. Bu haqda TASS agentligi xabar tarqatdi.

Rossiya TIV vakili Mariya Zaxarova bergan ma'lumotga ko‘ra, Boliviya bilan kelishuv "amalda butun Janubiy Amerikani rossiyaliklar uchun vizasiz qiladi".

Qayd etilishicha, vazirlar uchrashuvida ikki mamlakatning kosmosni quroldan xoli qilish bo‘yicha bayonoti imzolangan.

Ko‘proq yangiliklar: