Aktyor Robert Dauni-kichkina xayriya tadbirida quyon libosini kiyib chiqdi. U bu bilan o‘zining yangi fondi bo‘lmish Random Act Funding’ga odamlar e'tiborini qaratmoqchi bo‘ldi. Artistning kulgili chiqishi YouTube’da e'lon qilindi.
Random Act Funding mahalliy, milliy va global miqyosda iqtisodiy ko‘mak beruvchi fond bo‘lishi nazarda tutilgan.
Kim fondga 10 dollardan ko‘p xayriya qilsa, Dauni-kichkina bilan Nyu-Yorkda ko‘rishish imkoniga ega bo‘ladi. Aktyor bilan ko‘rishish o‘z ichiga “Birinchi qasoskor: Qarshilik” filmini yopiq holatda tomosha qilish, aktyor bilan fotosessiya, uning sevimli restoraniga birga borish, shuningdek, Dauni-kichkina ishtirok etadigan Jimmi Fellonning shousida qatnashishni oladi.