Rada Rossiyaga qarzini to‘lash bo‘yicha vaqtinchalik moratoriysini muddatsiz davrga uzaytirdi

Jahon 18:05 / 12.04.2016 1121

Ukraina Oliy radasi Rossiyaga qarzini to‘lash bo‘yicha vaqtinchalik moratoriysini muddatsiz davrga uzaytirdi. Bu haqida «112 Ukraina» telekanali xabar beradi.

Bu qonun loyihasi uchun 226 ovoz to‘plash talab etilardi edi, yakunda 242 deputat loyiha uchun ovoz berdi.

18 dekabrda Ukraina Rossiyaga qarzini to‘lash bo‘yicha moratoriy kiritgan. Moratoriy ta'siriga nafaqat 3 milliard qarz, balki «Yujnoye» va «Ukravtodor» korxonalarining Rossiya bankidan 507 million dollar qarzi ham tushdi.

Qonunning eski nashrida "2016 yilning 1 iyuligacha amal qiladi" deb yozilgan. Ukraina moliya vaziri o‘rinbosari Oksana Makarova qonunning amal qilishini muddatsiz davrga cho‘zishni taklif qilmoqda, aks holda Ukraina Rossiyaga qarzlarini yevrobondlar bo‘yicha to‘lash zarurati tug‘iladi.

Hujjatning so‘nggi versiyasida moratoriyning oxirgi muhlati yo‘q. Qonunchilarning fikricha, moratoriy so‘nggi muddatining bekor qilinishi "Tashqi qarzlarni to‘lash majburiyatining muddatini qonunga muvofiq cho‘zadi".

Ko‘proq yangiliklar: