Pellegrini: «Agar «PSJ»ga qarshi o‘yinda golsiz durang haqida o‘ylasak yutqazamiz»

Sport 19:09 / 12.04.2016 1603

«Manchester Siti» jamoasi bosh murabbiyi Manuel Pellegrini YeChL chorak finalida «PSJ»ga qarshi javob uchrashuvi (safardagi birinchi o‘yin natijasi - 2:2) oldidan fikrlarini bildirib o‘tgan.

«Vensan Kompani aniq o‘ynamaydi. Uning maydonga tushishining shunchaki imkoni yo‘q. Men maydonga tushiradigan o‘yinchilarimga ishonaman. Himoyamizdan ko‘nglim to‘q. Turnirda o‘tkazilgan o‘yinlarda yetarlicha tajriba to‘pladik. Bu bosqichga yetib kelishimiz uchun himoyachilarimiz ham katta ish qilishgan.

Biz juda kuchli jamoaga qarshi o‘ynashimizni bilamiz. Parijdagi ilk o‘yinga borishdan avvalroq buni bilardik, ammo biz safar o‘yinida ham g‘alaba uchun harakat qildik. Javob o‘yinida ham maqsadimiz g‘alaba qozonish bo‘ladi.

Jamoa o‘yinga va gollar urishga tayyor. Agar biz golsiz durang qayd etish maqsadida maydonga tushadigan bo‘lsak, unda yutqazib qo‘yamiz. Shuning uchun, vaziyatga o‘z uslubimizda yondashishimiz kerak», – deydi Pellegrini.

«Manchester Siti» va «PSJ» uchrashuvi Toshkent vaqti bilan soat 23:45da boshlanadi.

Ko‘proq yangiliklar: