«Palermo» mavsum davomida sakkizinchi murabbiyni iste'foga chiqardi

Sport 10:05 / 12.04.2016 1737

Valter Novellino «Palermo» jamoasi bosh murabbiyligidan ketgani haqidagi ma'lumotni tasdiqladi.

«Men o‘z lavozimimdan ozod etilganimni ma'lum qilaman. Aytishim mumkinki, rahbariyatning bu qaroridan juda xafaman va chuqur qayg‘udaman. Futbolchilarga va muxlislarga o‘tgan vaqt davomidagi hamkorlik uchun rahmat», — deya Novellinoning so‘zlarini keltiradi Football Italia.

Uning «Latsio»ga qarshi 0:3 hisobidagi mag‘lubiyat bilan yakunlangan o‘yini «Palermo» bosh murabbiyligidagi oxirgi o‘yini bo‘lib qoldi.

«Palermo» ayni vaqtda, 32 tur o‘yinlaridan keyin 28 ochko to‘plagan holda turnir jadvalining 18 o‘rinda turibdi.

Qayd etish kerakki, Novellino «Palermo» prezidenti Mauritsio Dzamparini tomonidan mavsum davomida ishdan bo‘shatilgan sakkizinchi murabbiy bo‘ldi. Juzeppe Yakini 2 marta ishga tayinlanib, 2 marta bo‘shatildi. Davide Ballardini bilan ham shunday holat kuzatildi. Sitsiyaliyaliklar jamoasida mavsum davomida shuningdek, Fabio Viviani, Gilermo Skelotto, Jovanni Tedesko va Jovanni Bosi kabi mutaxassislar ham bosh murabbiy sifatida ishladi.

Ulardan biri, Jovanni Bosi lavozimga tayinlanganidan 5 kun o‘tib ishdan bo‘shatildi.

Ko‘proq yangiliklar: