O‘zbekistonda Apple kompaniyasining eng so‘nggi smartfoni bo‘lmish iPhone SE sotuvi boshlandi. Uning narxi 3,9 mln. so‘mdan 4 mln. so‘mgacha deb baholangan. Bu haqda Mobinfo.uz ma'lumotiga asoslanib, “Sputnik Uzbekistan” xabar bermoqda.
Poytaxtdagi mobil texnikasi bilan savdo qiluvchi sotuvchining aytishicha, yangilik odamlar orasida hech qanday shov-shuv ko‘tarmagan. Bunga sabab uning qimmat narxi etib keltirilgan. AQShning o‘zida iPhone SE’ning 16 Gbli versiyasi 400 dollarga sotilmoqda. “Bundan kelib chiqadiki, O‘zbekistonda ushbu smartfon ikki baravar qimmatga sotilmoqda”, deb yozadi nashr.