OAV: Polsha prezidentining halokatga uchragan samolyoti uchuvchilari ogohlantirishlarni inkor etgan

Jahon 17:54 / 12.04.2016 1719

2010 yilning 10 aprel kuni Smolenskda halokatga uchragan Tu-154M samolyoti uchuvchilari ogohlantirishlarni inkor etishgan. Bu haqda Polsha telekanali TVN24 da ma'lum qilishgan.

Ma'lum qilishlaricha, telekanalda uchuvchilar xonasidan yozib olingan yozuv qo‘yib eshittirilgan.

“Yangi versiya yordamida 30-40 foiz qo‘shimcha ma'lumot olishga muvaffaq bo‘lindi. Uchuvchilar xonasidan yozib olingan yozuvdan shuni anglash mumkinki, uchuvchilar bir necha bor ogohlantirilishlariga qaramay, xavfni inkor etishgan”, — deyildi telekanalda.

Halokatdan 16 daqiqa oldin uchuvchilar boshqa bir samolyot — Yak-40ning uchuvchilaridan ogohlantirish olishadi. Yak-40ning uchuvchisi Tu-154M dagi hamkasblarini agar Smolenskda qo‘na olishmasa, Moskva va yoki yana boshqa joyga uchib ketishlarini so‘raydi.

Ma'lumot uchun: Tu-154 layneri 2010 yilning 10 aprel kuni Smolenskda halokatga uchragan edi. Bortdagi barcha — Polsha prezidenti Lex Kachinskiy, uning rafiqasi va hukumat delegatsiyasining 86 a'zosi halok bo‘lgan edi.

Ko‘proq yangiliklar: