«Barselona» jamoasi hujumchisi Neymar yangi shartnomasi bo‘yicha rahbariyatga talab qo‘ygan.
As nashri ma'lumotiga ko‘ra, braziliyalik futbolchi yangi shartnomasidagi maoshi miqdori hozirgidan ko‘ra 5 barobar yuqori bo‘lishini talab qilmoqda.
Ayni vaqtda 24 yoshli bu futbolchining maoshi yiliga 9 million yevro atrofida bo‘lib, u yangi shartnomaga ko‘ra yiliga 45 million yevro olishni istamoqda.
Xabar qilinishicha, «Barselona» ushbu futbolchisining istagini qondirish uchun yoki yangi homiy topishi kerak bo‘ladi yoki Nike bilan bitim tuzishi kerak bo‘ladi yoki «Kamp Nou» stadionini qayta nomlash huquqini sotishiga to‘g‘ri keladi.
«Barselona» Neymar bilan shu yilning iyun-iyul oylarida shartnomani uzaytirishi kutilmoqda.