2016 yilning 29 mart kuni tongda Burg al Arab (Aleksandriya)dan Qohiraga yo‘l olgan Egypt Air aviakompaniyasining A320 samolyotini olib qochgan Sayfiddin Mustafo Kiprdan siyosiy boshpana so‘radi. Bu haqda Filelefteros gazetasi yozmoqda.
Nashr ma'lumotiga ko‘ra, uning boshpana borasidagi so‘rovi 22 aprel kuni ko‘rib chiqiladi. O‘sha kuni uni Misrga ekstraditsiya qilinish yoki qilinmasligi ham ma'lum bo‘ladi.
Gazetaning yozishicha, rasmiy Qohira Sayfiddin Mustafoga nisbatan oliy jazo choralarini qo‘llashni rejalashtirmagan.