Nepalda me'yoridan ortiq yo‘lovchi mingan avtobus 300 m balandlikdan pastga qulab tushgan. Ma'lumot qilinishicha, bu halokat natijasida 13 kishi halok bo‘lgan va 26 kishi jarohatlangan.
Manbaning ma'lumotiga ko‘ra, bu yo‘lovchi avtobusi Kotang tumanidan mamlakat poytaxti Katmanduga yo‘l olgandi. Uning ichida 40dan ortiq yo‘lovchi bo‘lgan. Politsiya ma'lumotiga ko‘ra, bu miqdor belgilangan me'yordan ortiq edi.
Ayni vaqtda jarohatlanganlarning barchasi shifoxonaga yotqizilgan.
Hodisa tafsilotlari o‘rganilmoqda.