Mossack Fonseca’da ro‘yxatdan o‘tgan ofshor kompaniyalarining boshqaruvchilaridan biri Vianka Skott 10 yil avval vafot etgan bo‘lsa-da, boshqaruvchilar orasida nomi bo‘lgan. Bu haqda The Sunday Times nashri xabar bermoqda.
Panama kompaniyasining 10 361 nafar boshqaruvchisi qatorida nomi tilga olingan Vianka Skott "Panama hujjatlari"dagi ma'lumotlarga ko‘ra, 10 yildan ko‘proq vaqt avval vafot etgan.
Biroq bu holat Skottga tegishli boshqaruvchilik vazifalarining bekor qilinishi uchun to‘siqlik qilmagan: uning nomidan hujjatlar "imzolangan", ayol qog‘ozda rahbar organlarning yig‘ilishlarida "ishtirok etib kelgan" va hattoki kompaniya kotibi sifatida ham "saylangan".
Ta'kidlanishicha, boshqaruvida 7 ming tadan ko‘proq kompaniya bo‘lgan Panama kompaniyalarining boshqa bir boshqaruvchisi Ivett Rojyers Panama yaqinidagi o‘rmonda ikki xonali kulbada yashaydi. Ayol jurnalistlarning savollariga javob berishdan bosh tortgan.
Avvalroq Panama ofshor sxemalarga qarshi kurashda yetakchilikni o‘z zimmasiga olishga tayyorligi ma'lum qilingandi.